my5

Makkada O`zbekistondan koronavirus daf bo`lishini so`rab, duo qilindi

Dunyo 05.04.2020, 16:04
1562
Makkada O`zbekistondan koronavirus daf bo`lishini so`rab, duo qilindi

O`zbekistondan kasallik ko`tarilishini so`rab Baytullohda duo qilindi, deb xabar berdi O`zbekiston musulmonlari idorasi.

"O`zbekiston musulmonlari idorasining "Haj" va "Umra" safarlari bo`yicha Saudiya Arabistonidagi hamkor "al-Hidoya" shirkati vakillari Makkai mukarramadagi Harami sharifda insoniyat boshiga kelgan bu xastalikning daf bo`lishini so`rab, Haq taologa yolvorib, quyidagi duoni o`qidilar", deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlik bo`yicha ilk holat 14 mart kuni Fransiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sog`aydi, ikkitasi vafot etdi. Ayni vaqtda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 263 nafarga etgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og`ir ahvolda ekanligini aytgan.

Butunjahon Sog`liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e`lon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sog`aygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar og`ir ahvolda qolmoqda.

Шарҳлар