Havo harorati 40 daraja issiq bo`lganda koronavirus atmosfera havosida nobud bo`lishi rostmi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov javob berdi.
“Afsuski, yo`q. Singapur universitetining medRxiv portalidagi ma`lumotlarga ko`ra, virusning sezuvchanlik xususiyati aniq belgilangan, ya`ni u selsiy shkalasi bo`yicha 70 darajaga tenglashtirilgan. Ta`kidlash lozimki, koronavirusning turli yuzalarda yashovchanligi turlicha: masalan, qog`ozda 3 soat, kiyimda 2 kun, shisha yuzasida 4 kun, plastikda 7 kun saqlanib qoladi. Shuning uchun ham dezinfeksiya qilish o`ta muhim”, deydi Otabekov.
Eslatib o`tamiz, hozirgacha O`zbekistonda 298 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 25 nafari bu darddan butkul forig` bo`lgan. 2 kishi esa vafot etgan.