AsosiyDunyo

Mevlud Chavusho`g`li: “Bugun bosgan qadamlarimiz – bizning ertangi kunimiz”

'Mevlud Chavusho`g`li: “Bugun bosgan qadamlarimiz – bizning ertangi kunimiz”'ning rasmi

Turkiya Respublikasining tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho`g`lining “Bugun bosgan qadamlarimiz – bizning ertangi kunimiz” nomli maqolasi Amerikaning nufuzli “The Washington Times” gazetasida nashr qilindi. Unda diqqatga loyiq fikr-mulohazalar bor. Quyida maqolani to`lig`icha e`tiboringizga havola qilamiz.

“BUGUN BOSGAN QADAMLARIMIZ – BIZNING ERTANGI KUNIMIZ”

Insonning tabiatida o`z hayotlarida sodir bo`lgan har bir halokatli voqeadan so`ng, dunyo aslo avvalgidek bo`lmaydi, deb o`ylash moyilligi bor. Bu safar haqiqatdan ham dunyoning ma`lum jihatdan o`zgarishi kutilmoqda. Dunyo tarixi mobaynida, jahonning deyarli barcha mintaqalari ana shunday halokatli vaqealarni boshidan kechirgan. Biz yillar davomida, falokatli oqibatlarga olib keluvchi global pandemiya haqida juda ko`p marotaba ogohlantirildik. Insoniyatning shavqatsiz urushlari, inqirozlar, mahalliy tarqoqliklar, qulayotgan davlatlar va azob-uqubatlarda yashaydigan odamlar bundan ham yomonrog`i bo`lmaydi deb o`ylaydi. Tinch va farovon hududlarda yashayotganlar esa, ularga hech narsa zarar etkaza olmasligini va hayotlarining ana shu tarzda omadli davom etishini taqdirlariga bitilgan deb o`ylashlari mumkin. Ammo, global pandemiya davrida kemaga tushganning joni birdir. U hech bir jamiyatni va hech bir shaxsni ayamaydi.

Shuning uchun, biz o`zimizni boshqalardan, ijtimoiy o`zaro munosabatlardan uzoqlashtirishimiz kerak.

Pandemiya Antarktidadan tashqari barcha qit`alarga tarqaldi, ushbu virusni yuqtirib olganlar soni keskin ravishda ortib, bir million insonni tashkil qilyapti. Bu ko`rsatkichlarning yanada ortishiga ishonchimiz komil. Aholining uchdan bir qismini uylarida qolishlari uchun chora-tadbirlar ko`ryapmiz. Afsuski, pandemiya qurbonlarining soni yanada ko`payishi kutilmoqda. Pandemiyaning uzoq muddatli iqtisodiy badallarini to`lash qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Epidemiya; davlatlarning hozirgi tarqoqligiga, siyosat va xavfsizlikka salbiy ta`sir ko`rsatishga va butun dunyo hukumatlarining qiyin holga tushishlariga sabab bo`ladi. Bu yo`lning oxiri qanday bo`lishi bizga noma`lum. Bu davrda zutlik bilan chora-tadbirlar tashkil qilish lozim.

Insoniyatga COVID-19 hujum qilishidan oldin ham global tizim izdan chiqqan edi. Turkiya bu masalada, tizimni isloh qilish kerakligi haqida ta`kidlab kelayotgan edi. BMT xavfsizlik Kengashining bugungi voqeliklar bilan aloqani yo`qotganligini nazarda tutib, o`zimizning sa`y-harakatlarimizni "dunyo beshdan katta" deb nomladik. Holbuki biz bu bilan cheklanib qolmayapmiz. Atrofimizdagi cheksiz mojarolar va insoniy azob-uqubatlar bilan kurashadigan va dunyodagi eng ko`p qochqinlar yashaydigan mamlakat sifatida, biz allaqachon ushbu tizimni ishlamayotganini bilardik.  

2008-yilida ham dunyo iqtisodiyoti global pandemiya sababli zarar ko`rgan,  G20 inqirozga uchragan dunyo iqtisodiyotini yo`nalish va barqarorlik bilan ta`minlay oldi. Tizim o`sha payt ishlayotgan edi. Bu safar ham ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga shu kabi katta ta`sir ko`rsatishga tayyor turishimiz, hatto tizim ishini yo`lga qo`yishda kerakli o`zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak.

Birinchi navbatda, odamlarning sog`lig`ini COVID-19 virusidan himoya qilish lozim. Biz, G20 rahbarlarini ushbu global epidemiyaga qarshi kurashda birdamlikka va global iqtisodiyotni va cheklanmagan savdoni himoya qilish majburiyati haqidagi o`sha paytdagi bayonotini qo`llab-quvvatlaymiz. G20ning kelishilgan asosiy choralaridan biri-SWAP bitimlarini kengaytirishdir. G20 tomonidan "Tajribali davlat xizmatchilarini muvofiqlashtirish guruhini tuzish" bo`yicha taklifimiz qabul qilinganidan ham mamnunmiz. Chunki biz chegarani boshqarish va fuqarolarni o`z mamlakatlariga qaytarish kabi masalalar bo`yicha yaqin kelishilgan holda harakat qilishimiz kerak. Kanadada amalga oshiriladigan ishlar haqida dastlabki fikrlari uchun minnatdorchilik bildiraman. G20 global inqirozni boshqarish uchun to`g`ri format ekanligini yana bir bor isbotlamoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi ko`plab davlatlar, jumladan, Turkiya ham o`zining qattiq choralarini ko`rmoqda. Lekin individual harakatlari yetarli bo`lmaydi. Global sinov, birinchi navbatda, Sog`liqni saqlash va keyin iqtisodiyot nuqtai nazaridan global chora-tadbirlarni talab qiladi. Bu chora-tadbirlar jarayonida xalqaro tashkilotlar va mamlakatlarning ushbu tashkilotlarga ko`rsatgan yordami tez kunda qayta tiklanishi kerak. Xalqaro tashkilotlar moliyaviy qo`llab-quvvatlash va tibbiy uskunalarni ta`minlash bo`yicha faol rol olishlari kerak. Tarqoq jam`yatlarni, tartibsiz muhojirlarni va qochqinlarni himoya qilish va ularga mezbonlik qiluvchi mamlakatlarni qo`llab-quvvatlash hozir yanada muhimroq. Global ta`minot tarmoqlari va yuk o`tkazmalari to`siqsiz ishlashi kerak. Ehtiyosizlik bilan foydalanilgan siyosat vositasiga aylangan sanksiyalarni insonparvarlik nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Eronga qaratilgan sanksiyalar nafaqat eronliklarga, balki qo`shnilariga ham zarar yetkazmoqda. Global pandemiyaning bu davrida xavf yanada katta. Eng kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa Afrika e`tiborsiz qolmasligi kerak.

Barchamizni tashvishga solgan va global miqyosda javob berish zarurati bo`lgan yana bir masala – bu, odamlarga, ekotizimlarga, iqtisodiyotga va vijdonimizga og`ir badallarni keltirib chiqaradigan nizolarni tugatish. Shu bois biz xalqaro hamjamiyatni, jumladan, yaqin Sharqni ziddiyatlarni ortga surishga, mojarolarga barham berib, jiddiy muloqot va murosaga intilishga chaqiramiz. Pandemiya kelib chiqargan oqibatlari natijasida har bir inson va dunyomiz salomatligi uchun kurashayotgan bir paytda, geosiyosiy raqobat va siyosiy nizolar hech qanday ma`noga ega e. Agar hammamiz butun dunyo bo`ylab qo`llab-quvvatlash uchun bir zum vaqt ajratsak bu sa`y-harakatlar javobsiz qolmaydi.

Bugungi global pandemiya haqida davlat rahbarlari tomonidan olingan har bir qaror, ertangi dunyo tartibining kelajagini belgilab beryapti. Bugun ekkan urug`larimiz ertaga aniq dalillar sifatida namoyon bo`ladi. Millati, e`tiqodi va irqidan qat`i nazar, o`z maqsadiga muvofiq ishlaydigan xalqaro tashkilotlar tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan, qoidalarga asoslangan global tizimga, davlatlarning hisobdor va funksional tarmog`iga, hamma uchun foydali bo`ladigan iqtisodiyotga erisha olamiz. Bu holatda buning uchun boshqa echim izlashnıng ma`nosi yo`q. Bundan tashqari, agar biz bunga erishish yo`lini tanlasak, barcha zararlarga qaramay, ijobiy meros qoldirishni ta`minlashimiz mumkin.  

Uyda qoling.

Turkiya Tashqi ishlar varisi Mevlud Chavusho`g`li.

    Boshqa yangiliklar