AsosiyDunyo

Efiopiyada koronavirusdan birinchi o`lim holati qayd etildi

'Efiopiyada koronavirusdan birinchi o`lim holati qayd etildi'ning rasmi

Efiopiyada koronavirusning yangi turi bilan kasallangan ilk bemor vafot etdi, deb xabar berdi news.ru mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Lia Tadessaning internetdagi manbasiga asoslanib

"Men Efiopiyada COVID-19 kasalligi bilan og`rigan bemorning birinchi o`limi haqida xabar berayotganimdan juda afsusdaman. Bemor og`ir ahvolda edi. U Eka Kotebe kasalxonasidagi reanimasiya bo`limida qattiq tibbiy nazorat ostida bo`ldi. Marhumning oilasi va do`stlariga chuqur hamdardlik bildiraman", deb yozadi Tadesse o`z akkauntida.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Efiopiyada jami 43 kishi infeksiyadan zararlangan.

Boshqa yangiliklar