Koronavirusga chalingan 100 va 106 yoshli ikki nafar bemor Erondagi shifoxonadan chiqdi, deb ma`lum qildi Xabar «IRNA» agentligi manbasi asosida.
Ma`lumot qilinishicha, ikkala holat ham Kum shahrida qayd etilgan. 106 yoshli otaxon 14 kunlik muolajadan so`ng shanba kuni shifoxonadan chiqqan. 100 yoshli Ali Afshari ismli ikkinchi bemorga esa yakshanba kuni uyiga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, agentlikning yozishicha, seshanba kuni koronavirusga chalingan 98 yoshli onaxon shifoxonadan tuzalib chiqqandi. U 27 kun maboynida davolangan.
Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 58 226 kishiga etdi. Shundan 3603 nafari vafot etdi. 22 011 kishi tuzaldi.