42

O`zbekiston fermerlari uchun MEVA ilovasi yaratildi

Hi-tech 17.04.2015, 12:28
8682
O`zbekiston fermerlari uchun MEVA ilovasi yaratildi

AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) O`zbekistonda intensiv bog`dorchilikka bo`lgan yuqori talabni hisobga olib, yangi texnologiyani yaratishdi.

MEVA (Mobile Extension Value Added) mobil ilovasi uzumchilik va bog`dorchilik sektorida faoliyat yurituvchi o`zbek fermerlari uchun “axborot maydoni” bo`lib xizmat qiladi. Unda agrotexnika texnologiyalari, mevalarning turlarini tanlash, kerakli asbob-uskunalar xaridi, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish, tokzor va bog`lar parvarishi hamda intensiv bog`larni rivojlantirish bo`yicha batafsil axborotlar berilgan, deb yozadi uz24.uz nashri UzDaily.uz ma`lumotlari asosida.

O`zbek tilidagi ushbu mobil ilovani Google Play dan bepul yuklab olish mumkin.

Комментарии