my5
all

Xitoydan yana bir quvonchli xabar keldi (video)

Dunyo 08.04.2020, 19:07
Теглар: Uxan, Xitoy
4197
Xitoydan yana bir quvonchli xabar keldi (video)

Koronavirus o`chog`i bo`lgan Xitoyning Uxan shahri yanvar oyida karantinga yopilgan edi. Bu hududda Xitoy hukumati tomonidan qat`iy izolyasiya va dezinfeksiya ishlari olib borildi. 

Xitoyda sodir bo`layotgan jarayonlarni goh xayiqib, goh xayrixoh bo`lib kuzatib bordik. Hukumatimiz xitoylik bemorlar va shifokorlarga yordam yuklarini jo`natdi. Mamlakatda fuqarolarning jipsligi, shifokorlarning fidoyiligi, aholining karantin cheklovlariga qat`iy amal qilishi natijasida xavfli virus engildi. So`nggi kunlarda Uxanda infeksiyadan zararlanganlar qayd etilmayapti. Va nihoyat 76 kun deganda shahar o`z darvozalarini ochdi. Endi Uxan yopiq shahar emas.

Xitoyda Covid-19 (Koronavirus) kasalligi to`liq tugatilib, endilikda barcha ko`chayu sayilgohlarida aylanishga ruhsat berildi. Video:

Hozir bizda ham uxanliklar boshidan kechirgan kabi epidemiologik vaziyat hukm surmoqda. Umid qilamizki bizning ham jipsligimiz, birdamligimiz, qat`iyatimiz g`alaba qozonadi. 

 

Шарҳлар