my5
Sevimli

Nima uchun Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ko`p bo`lsa ham o`lim holati boshqa davlatlarga nisbatan ancha past?

Dunyo 09.04.2020, 12:41
Теглар: koronavirus
Nima uchun Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ko`p bo`lsa ham o`lim holati boshqa davlatlarga nisbatan ancha past?

Turkiya Prezidentligi huzuridagi matbuot va komunikasiya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan «COVID-19 tajribasi va halokatga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik» videokonferensiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi Davut Gazi Benli xabar berdi.

Boshqarmaning turkcha va inglizcha YouTube kanallaridan jonli ravishda namoyish etilgan video-konferensiya  kommunikasiya boshqarmasi boshlig`i, professor, doktor Faxrettin Altun nutqi bilan ochildi. Turkiyaning Pekindagi elchisi Abdulqodir Emin O`nen, Rim elchisi Murat Salim Esenli va Seul elchisi Durmush Ersin Erchin nutqi ham joy olgan video-konferensiyani SETA Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Murod Eshiltash boshqarib bordi.

Altun, Prezident Rajab Toyib Erdo`g`an boshchiligida 2002 yildan beri amalga oshirilgan qadamlar bugungi kunda virus epidemiyasiga qarshi kurashda katta hissa qo`shganiga diqqat qaratdi. 2002-2020 davri mobaynida Turkiya sog`liqni saqlash tizimining keng miqyosda rivojlanganini inobatga olgan holda, Altun o`z so`zlarida quyidagi ma`lumotlarga urg`u berdi:

"18 yil mobaynida, Turkiya miqyosida kasalxonalar soni 1 156 dan 1 518 gacha ko`paygan bo`lsa, kelgusi davrda karantin uchun foydalanishimiz mumkin bo`lgan bir kishilik xonalar soni 18 934 dan 91 949 ga etdi. Shuningdek, kasalxonalar yotoqlarining soni 164 471 tadan 23 946 gacha, reanimasiya bo`limidagi yotoqlar soni esa 2 214 tadan 65 455 taga ko`paydi. Boshqacha aytganda, reanimasiya bo`limidagi yotoqlarimiz soni qariyb 33 barabar ko`paydi. 2002 yildan beri, sog`liqni saqlash tizimimizga kiritilgan investisiyalar natijasida tibbiyot xodimlarining soni kerakli darajaga etqazilganini ko`rmoqdamiz. Shunga ko`ra, 2002 yilda 91 949 ta bo`lgan vrachlarimiz soni 161 279 taga, 2002 yilda 72 393 ta bo`lgan hamshiralarimiz soni esa 198 517 taga etdi. Umuman olganda, 2002 yilda umumiy tibbiyot xodimlarining soni 294 587 tani tashkil etib, xozirgi kunda esa umumiy tibbiyot xodimlarining soni 1 miliondan oshganligiga guvoh bo`lyapmiz.

Sog`liqni saqlash tizimimizning holatini ayrim rivojlangan davlatlar bilan solishtirsak, menimcha, Turkiyaning ushbu tizimini qay darajada muvaffaqiyatga erishganini ko`rsata olamiz. Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, AQShda har 100 mingtadan 34,7 kishiga va Germaniyada esa, har 100 mingtadan 29,2 kişiga reanimasiya yotqiziqlari mavjud bo`lib, bu raqam mamlakatimizda 46 tani tashkil etadi." dedi Altun.

Prezident tomonidan o`z vaqtida sog`liq tizimlari, ijtimoiy xavfsizlik tizimiga kiritgan investisiyalar va vaqtida olingan yuksak tadbirlar sababli kasalanganlarning tuzalib ketishlariga zamin yaratganini ham alohida ta`kidlab o`tdi. Turkiyaning sog`liqni saqlash tizimi 2002 yillarga nisbatan buyuk rivojlanish bosqichiga o`tganligini  koronavirus epidemiyasining paydo bo`lgan onlaridanoq davlat sifatida sog`liqni saqlash vazirligi huzurida tezkor markaz va Fanlar kengashi  yanvar oyidanoq tashkil etilganligi, olimlarning tavsiyalariga muvofiq jarayonning shaxsan muhtaram Prezidentning o`zi nazoratga olganligi bunga yaqqol misol bo`la olishini ta`kidlab o`tdi. Buning natijasida ushbu virus bir necha hafta davomida  mamlakatga kirishining oldi olinganligiga ham urg`u berdi. 

Altun, bu jarayonda Turkiyaning milliy birlik va birdamligi muhim o`rin tutganligini, bir biriga imkon qadar yordam berish uchun xalq birdamligi natijasida hayriya mablag`lari ham tez orada to`planganligini alohida ta`kidlab o`tdi. Altun, «Shubhasiz, bu xalq necha marta og`ir damlardan qanday mardonavor o`tgan bo`lsa ko`rinmas dushman hisoblangan bu kasallik tarqalgan davrdan ham shunday matonat bilan Prezidentimizning kuchli rahbarligi  ostida eson omon chiqadi» dedi.  Altun nutqida «Turkiya nafaqat o`z xalqiga, davlatiga balki bu pandemiya bilan kurashayotgan boshqa mamlakatlarga ham yordam qo`lini uzatmoqda. Misol uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Ispaniya va Italiya kabi 30 dan ortiq mamlakatlarga yordam qo`lini uzatdi.

 Shu bilan birga, o`tgan hafta Ispaniyaga favqulodda vaziyatlarni hisobga olib, ilgari eksport qilinishi taqiqlangan 116 ta respiratorni etkazib berdik. Shu o`rinda Prezident Rajap Tayib Erdo`g`an boshidanoq jamoat tartibini himoya qilish, sog`liqni saqlash tizimining samarali ishlashi, oziq-ovqat, sog`liqni saqlash va tozalik mahsulotlarining ta`minoti zanjirini uzmaslik kabi masalarda to`g`ri siyosat olib borganligi namoyon bo`lmoqda» dedi. Altun, tez orada bu ofatning er yuzidan batamom yo`q bo`lishini umid qilib bashariyatga sog`lik tiladi.

Bundan tashqari, Turkiya Respublikasi Prezidenti Erdo`g`an, tibbiyot niqoblarini pul evaziga sotishni taqiqladi. «Sog`liqni saqlash vazirligi va Transport va infratuzilma vazirligi muvofiqlashtirilgan holda 20-65 yoshgacha bo`lgan fuqarolarga bepul niqob tarqatilishini ma`lum qildi. Niqoblar har hafta kishi boshiga 5 tadan tarqatiladi.» deb yozdi Fahrettin Altun o`z tvitter sahifasida.

Turkiya sog`liq tizimi bo`yicha, dunyodagi ilg`or texnologiya jihozlariga ega va ushbu jihozlarni ishlab chiqaruvchi davlat hisoblanadi. Turkiya (IVL) o`pkaning sun`iy ventilyasiya apparatini o`zida ishlab chiqaradi va ularda ushbu jihoz etishmovchiligi yo`q. Shu sababdan ham, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni naqadar ko`p bo`lsada o`lim holati boshqa davlatlarga nisbatan ancha past.

Eslatib o`tamiz, Turkiyada bugunga qadar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 34 119 nafar, o`lim holati 725 ta va sog`aygan bemorlar soni esa 1 600 taga etdi. Turkiyada shu vaqtgacha jami 222 868 kishi koronavirusga test topshirgan, tahlil natijalariga ko`ra, 34 119 kishining test natijasi ijobiy chiqqan.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

27.11.2021, 11:19

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum...
Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik soni ko`paygani tufayli yangi cheklovlarni joriy etdi

27.11.2021, 00:32

Evropa koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko`paymoqda, deya xabar bermoqda Associated Press xabar berdi. Jumladan, Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Oxirgi sutkada...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

25.11.2021, 10:05

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni...
Fransiyada koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlandi

22.11.2021, 23:34

Fransiya hukumati mamlakatda koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlanganini ma`lum qildi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi. Mamlakat Bosh vaziri Gabriel Attalning so`zlariga ko`ra, bir hafta ichida koronavirus infeksiyasining yangi...