Belarus prezidenti, Aleksandr Lukashenko koronavirusni inkor qilishda davom etmoqda. Uning fikricha virus ko`zga tashlanmayapti: "Bu erda hech qanday virus yo`q. Mana sen ularning uchib yurganini ko`rdingmi? Men ham ko`rganim yo`q".
Batkaning ushbu gapini izohsiz qoldirgan holda aytish joizki, ayni damda Belarussiyada virusga chalinganlar soni 150 nafardan oshgan. Biroq bunga qaramay, ommaviy tadbirlar, futbol va xokkey o`yinlari davom etmoqda.






