O`zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi xodimlari odamda koronavirus (COVID-19) bor-yo`qligini aniqlashga yordam beruvchi mahalliy test tizimini ishlab chiqishdi. Bu haqda «O`zbekiston 24» telekanali xabar qildi.
▪️Ayni paytda klinik sinovlar davom etmoqda.
▪️Aprel oyi oxiriga qadar 50 mingta ana shunday test tizimini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
«Koronavirus diagnostika usullarini o`zimizda ishlab chiqarish bo`yicha olimlarimiz tomonidan diagnostika gidlari yaratildi va laboratoriya sinovlaridan o`tkazildi. O`zbekistonda mavjud qator dori-darmonlarning viruslarga qarshi ta`siri xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda o`rganilmoqda va ularni O`zbekistonda ishlab chiqarish tashkil etilmoqda», — dedi Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.






