my5
Sevimli

Yana 8 nafar bemor koronavirusdan to`liq tuzaldi

Jamiyat 09.04.2020, 17:31
Теглар: koronavirus
Yana 8 nafar bemor koronavirusdan to`liq tuzaldi

Yurtimizda ham koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar orasida butkul sog`ayganlar soni oshib bormoqda. Bugun ulardan yana 8 nafari kasallikdan forig` bo`ldi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas`ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV rasmiy ma`lum qildi.

"Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemordan 38 nafari butkul sog`ayganini mamnuniyam bilan aytishimiz mumkin. Tuzalganlarning kun sayin ko`payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohada faoliyat olib borayotgan fidokor tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam. Shifokorlar bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator mamlakatlarning eng nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanishmoqda. Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig`iga ko`ra, har bir bemorga ikki nafardan shu sohada ko`zga ko`ringan tajribali mutaxassislar jalb qilinib, standartlar bo`yicha davolash choralari ko`rilmoqda. 

Shuningdek, shifokorlar bemorlarni davolash jarayonida mamlakatimizning etuk pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog, reanimatolog kabi qator mutaxassislar bilan telemuloqot o`rnatib, ulardan kerakli tavsiyalarni olayotgani ham qo`l kelmoqda. Tor mutaxassislar bilan hamkorlik bemorlarning holati yuzasidan maslahatlashish, aniq tashxis qo`yish va davolash imkonini berayapti. 

Yana bir guruh sog`aygan bemorlarni kuzatish marosimida Sog`liqni saqlash vaziri A. Shadmanov fidokor tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sog`ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda", — deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.


 

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

27.11.2021, 11:19

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum...
Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik soni ko`paygani tufayli yangi cheklovlarni joriy etdi

27.11.2021, 00:32

Evropa koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko`paymoqda, deya xabar bermoqda Associated Press xabar berdi. Jumladan, Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Oxirgi sutkada...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

25.11.2021, 10:05

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni...
Fransiyada koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlandi

22.11.2021, 23:34

Fransiya hukumati mamlakatda koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlanganini ma`lum qildi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi. Mamlakat Bosh vaziri Gabriel Attalning so`zlariga ko`ra, bir hafta ichida koronavirus infeksiyasining yangi...