my5
Sevimli

San-Fransisko tibbiyot xodimi video orqali koronavirus pandemiyasida shifoxonadagi vaziyat haqida so`zlab berdi (video)

Dunyo 09.04.2020, 17:34
Теглар: koronavirus
San-Fransisko tibbiyot xodimi  video orqali koronavirus pandemiyasida  shifoxonadagi vaziyat haqida so`zlab berdi (video)

San-Fransiskolik tibbiy xodim Entoni Nikele video orqali koronavirus pandemiyasida  kasalxonadagi vaziyat haqida so`zlab berdi.

Uning aytishicha, San-Fransisko shifoxonalarini birining jonlantirish bo`limida ishlaydi. 

" Bu erdagi bo`layotgan ishlarni ko`rsangiz esingiz og`adi.Bemorlar va shifokorlar uchun zarur bo`lgan narsalar etishmayapti. Himoya ekranli maskani bir haftadan beri ishlatayapman. Shu maskada koronavirus bilan xastalanganlarga qarayapman. O`zim ham virusga chalinganimga shubham yo`k. Mamalakatda virus tarqalishini kech nazoratga olinganligi  sabab endi hamma virus tashuvchisiga aylanadi yoki kasal bo`lib halok bo`ladi yoki yaxshi bo`ladi. Og`ir bemorlar o`pkani vintelasiya qiladigan apparat kerak.  Mening vazifam  bemorlarga yangi kunni ko`rishda yordam berish, agar vafot  etadigan bo`lsa ularning yonida bo`lish.  

Koronavirus insonni qo`qisdan chaladi. Bu erdagilar karantin qoidalariga bepisan bo`lganlar. Ular hech narsa bo`lmagandek yashashda davom etishgan. Keyin istimalari chiqib, terlashgan, ich o`tishi kuzatilgan. Nafas olishga qiynalishganidan doktorga kelganlar. Agar shu holatda bemor o`pkani ventilyasiya qilish uskunasisiz nafas ololganlarni uyida davolashni davom ettirishlarini aytayapmiz. 

Shifoxona jarrohlik xonasida, avtomobillar turargohida ham bemorlar bor. Biz go`yo harbiy zonadamiz. Men uchun eng og`iri odamlarning yolg`izlikda bu dunyoni rihlat qilayotganligi. Bundan qalbim tilka-pora bo`lmoqda. 

Uyda qoling! Mamlakat tibbiyoti yangi kasallarni qabul qilishiga amin emasman.  Faoliyatim davomida qotillarni, ularning qurbonlarini davolaganman. Ammo koronvirusdek qotilni ko`rmadim. 

Шарҳлар

O`zbekistonda yana 209 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 3 bemor vafot etdi

02.12.2021, 10:11

Kecha O`zbekistonda yana 210 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 3 nafar bemor vafot etdi.SSVning ma`lumot berishicha, 2021 yil 1 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

27.11.2021, 11:19

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum...
Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik soni ko`paygani tufayli yangi cheklovlarni joriy etdi

27.11.2021, 00:32

Evropa koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko`paymoqda, deya xabar bermoqda Associated Press xabar berdi. Jumladan, Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Oxirgi sutkada...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

25.11.2021, 10:05

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni...