my5
all

Boris Jonsonni epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o`zi koronavirusdan vafot etdi

Dunyo 10.04.2020, 15:02
Теглар: koronavirus
740
Boris Jonsonni epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o`zi koronavirusdan vafot etdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni koronavirus xavfidan ogohlantirgan shifokor koronavirusdan vafot etdi.

Ta`kidlanishicha, 53 yoshli urolog Abdul Mabud Choudxari 15 kun shifoxonada yotib, vafot etgan. Ma`lumotlarga ko`ra, ikki farzandning otasi bo`lgan shifokorda koronavirus aniqlangan.

18 mart kuni Choudxari Boris Jonsonga murojaat yo`llab, uni mamlakatdagi tibbiyot xodimlarining har birini koronavirusdan himoyalovchi vositalar bilan ta`minlashga chaqirgan.

Avvalroq COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan Jonsonning o`zi reanimasiyaga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi. 8 aprel kuni Britaniya bosh vazirining ahvoli yaxshilangan: u o`tirib, muloqot qilishni boshlagan.

Mavzuga oid: Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Koronavirusga chaliingan Buyuk Britaniya bosh vazirining o`pkasini sun`iy ravishda ventilyasiya qilish amalga oshiriladi.

Шарҳлар

Xorijdan koronavirus yuqtirib kelib Toshkentda davolanayotgan 13 nafar bemor ham sog`aydi

27.04.2020, 15:18

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor...
24 aprel soat 6:30: O`zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

24.04.2020, 06:30

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda.Kecha, 23 aprelda 111 kishi to`la sog`ayib, reabilitasiyaga o`tkazildi, jami tuzalganlar 561 nafarga...
Koronavirusdan vafot etganlar 200ming nafarga yaqinlashdi. Dunyodagi so`nggi vaziyat

23.04.2020, 09:36

Xopkins universiteti   2020 yil 23 aprel kunidagi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga chalinganlar 2 626 929, vafot etganlar 183 336 nafarga etdi.Quyida eng ko`p...
O`zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 641 nafarga etdi

10.04.2020, 22:45

2020 yil 10 aprel soat 22:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 641 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligining axborot...