my5
all

O`zbekistonda koronavirusdan sog`aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og`ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyotini joriy etiladi

Jamiyat 10.04.2020, 16:58
Теглар: koronavirus
728
O`zbekistonda koronavirusdan sog`aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og`ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyotini joriy etiladi

O`zbekistondagi bir qator tajribali olim va shifokorlar bilan kelishilgan holda, tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sog`aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og`ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyotini joriy etish boshlanadi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Amaliyotning ilmiy asosiga keladigan bo`lsak, COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlar qon zardobida virusga qarshi immun tanachalar paydo bo`lib, ular virusning o`limiga olib keladi.

Tabiiyki, bu amaliyot qator savollar tug`dirishi mumkin. Zardobdan boshqa kasallik yuqmaydimi? Zardob bergan insonlar ahvoli og`irlashmaydimi? Bemorlarga zardob quyilganda turli asoratlar yuzaga kelmaydimi?  

Avvalo, koronavirus infeksiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin, bir nechta infeksiyalarga tekshiriladi, tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi. Qo`shimcha infeksiyasi va kasalligi bo`lmagan insonlar zardobining kichik bir qismi olinadi, xolos. Bu miqdor donor uchun hech qanday salbiy asoratlarni namoyon qilmaydi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan. So`ngra yig`ib olingan zardob yana qo`shimcha ishlov berish jarayonlaridan o`tkazilgandan so`ng, kasallik og`ir kechayotgan bemorlar roziligi va shifokor ko`rsatmalari hamda maxsus tartiblarga qat`iy rioya qilingan xolda qo`llanilishi mumkin.

Eng muhimi, COVID-19 infeksiyasidan tuzalgan insonlarning qon zardobi – kasallik og`ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarimizga virusni tezroq va osonroq engish uchun qo`shimcha kurashish manbai bo`lib xizmat qiladi.

 

 

Шарҳлар

Xorijdan koronavirus yuqtirib kelib Toshkentda davolanayotgan 13 nafar bemor ham sog`aydi

27.04.2020, 15:18

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor...
24 aprel soat 6:30: O`zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

24.04.2020, 06:30

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda.Kecha, 23 aprelda 111 kishi to`la sog`ayib, reabilitasiyaga o`tkazildi, jami tuzalganlar 561 nafarga...
Koronavirusdan vafot etganlar 200ming nafarga yaqinlashdi. Dunyodagi so`nggi vaziyat

23.04.2020, 09:36

Xopkins universiteti   2020 yil 23 aprel kunidagi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga chalinganlar 2 626 929, vafot etganlar 183 336 nafarga etdi.Quyida eng ko`p...
O`zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 641 nafarga etdi

10.04.2020, 22:45

2020 yil 10 aprel soat 22:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 641 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligining axborot...