my5
all

Mashhur o`zbek aktrisasi ona bo`ldi (foto)

Shou-biznes 22.04.2020, 20:26
15823
Mashhur o`zbek aktrisasi ona bo`ldi (foto)

Shahzoda Muhammedova bugun, 22 aprel sanasida qiz farzandning onasi bo`ldi. Bu haqda uning turmush o`rtog`i Marat Hayrullaevich o`zining instagram kanalida xabar ma`lum qildi.

So`ng aktrisaning o`zi ham ushbu xushxabarni instagram orqali barchaga etkazdi. 

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 28 noyabr kuni iste`dodli aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova turmushga chiqqan edi.  

Shuningdek, baxtiyor onani shou-biznesdagi hamkaslari ham qutlashdi. 

Biz ham o`z o`rnida faol aktrisa va dizayner va uning umr yo`ldoshini  hayotidagi ushbu unutilmas sana, baxtli kun bilan tabriklaymiz. Qizaloqning umri ziyoda bo`lsin!

Шарҳлар