AsosiyHi-tech

O`zbekistonda onlayn nikohdan o`tish imkoni paydo bo`ldi

'O`zbekistonda onlayn nikohdan o`tish imkoni paydo bo`ldi'ning rasmi

Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova javob berdi.

” – Nikohni qayd etish uchun FHDYoga elektron arizani my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratilgan.

Buning uchun ikkala tomon (kelin va kuyov) ham elektron raqamli imzo olishi shart. Ariza to`ldirilganidan so`ng ikkala tomon ham arizasini o`z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. So`ng ariza belgilangan FHDYo bo`limiga kelib tushadi. FHDYo bo`limi arizani 1 ish kunida qabul qilib oladi.

Karantin tadbirlari nihoyasiga etganidan so`ng, nikohlanuvchilar FHDYo bo`limiga chaqirtiriladi va ularga tibbiy ko`rikdan o`tish uchun yo`llanma topshiriladi.”

Boshqa yangiliklar