my5
Sevimli

SamDTIda tunu kun xizmat ko`rsatuvchi Call markaz ishga boshladi

Hi-tech 27.04.2020, 18:35
SamDTIda tunu kun xizmat ko`rsatuvchi Call  markaz ishga boshladi

“Covid-19” koronavirusi pandemiyasi davrida dunyo miqyosida bo`lgani kabi mamlakatimizda ham shifokorlar madadi va maslahatiga talab oshmoqda. Hozirgi karantin davrida fuqarolarimizdan kelib tushayotgan turli murojaatlarning soni oshgani ham bundan dalolat beradi. Shu bois ham, Sog`liqni saqlash vazirligi fuqarolarni ishonchli ma`lumotlar bilan ta`minlash maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yilning 15 mart kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda ko`rilayotgan choralar to`g`risida xolis va ishonchli ma`lumot bilan ta`minlash, aholini qiziqtirgan savollariga javob berib borish maqsadida tunu kun faoliyat ko`rsatuvchi 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushirilgan edi. Shundan so`ng, Sog`liqni saqlash vazirligi yana bir yangilikka qo`l urib, UZINFOCOM yagona integratori bilan hamkorlikda “coronavirusyordam” onlayn telegramm bot kanalini ham ishga tushirdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yaqinda vazirlik tomonidan mamlakatimizda ilk bor “Shifokordan so`rang” onlayn poliklinikasi ham sinov tariqasida ishga tushirildi.

 Kuni kecha ana shunday xayrli tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida Samarqand davlat tibbiyot instituti viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va shu orqali kassalliklarni tezkor aniqlash tizimini joriy qilish maqsadida Call center tashkil etildi. 

Samarqand davlat tibbiyot institutining professor o`qituvchilari va ko`ngilli yoshlari faoliyat yuritadigan Call center‘da (66) 233-08-41 telefon raqami orqali tunu kun 24 soat davomida murojaatlar qabul qilinmoqda. 

Mazkur qisqa raqam orqali bugungi kunda viloyat aholisi o`zini qiziqtirayotgan barcha savollariga malakali xodimlari shifokor va olimlari tomonidan javoblar olishmoqda. 

Шарҳлар