AsosiyHi-tech

O`zbekistonda o`pka ventilyasiyasi apparatlari kuz oyidan ishlab chiqarila boshlaydi

'O`zbekistonda o`pka ventilyasiyasi apparatlari kuz oyidan ishlab chiqarila boshlaydi'ning rasmi

O`zbekistonda o`pkaning sun`iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish kuz oyidan boshlanadi

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Innovasion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova bilan o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.

Hozirda Slovakiyaning "Chirana" kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda o`pkaning sun`iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish bo`yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda.

Shu bugungacha olimlarimiz tomonidan IVL qurilmasining prototipi, ya`ni sinov uchun namunasi tayyorlandi. Tegishli tarzda sinovlar va tekshirishlardan o`tkazilganidan so`ng joriy yilning kuz oylarida O`zbekistonda ham sun`iy o`pka ventilyasisi apparatlarini ishlab chiqarish boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar