my5

Buxoroda Amudaryo tomondan suv toshqini bo`lgani haqida tarqatilgan xabarlar uydirma

Hi-tech 28.04.2020, 19:08
1159
Buxoroda Amudaryo tomondan suv toshqini bo`lgani haqida tarqatilgan xabarlar uydirma

Xabaringiz bor, 27 aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida Buxoro viloyati hududida kuchli shamol va yog`ingarchilik kuzatildi. Mazkur holat haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlarida xabarlar berib borilmoqda. 

Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va to`g`ri manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Jarayonda odamlar ba`zan yolg`on xabarlarga ham duch kelishmoqda. Xususan, hozirda aholi orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, haqiqatga to`g`ri kelmaydigan har xil shov-shuvli ma`lumotlar, uydirma axborotlar tarqatish hollari uchrab turibdi. Ana shunday xabarlarning birida go`yoki bugun Amudaryo tomondan kuchli suv toshqini bo`lishi va aholi evakuasiya qilinayotganligi haqida so`z boradi. Ushbu kabi ma`lumotlar hech qanday asosga ega emas. Bu haqda Buxoro.uz rasmiy kanali izoh berdi.

"Garchi mamlakatimizda amaldagi qonunchilkda feyk xabarlarni tarqatganlik uchun to`g`ridan-to`g`ri javobgarlik belgilangan bo`lmasada, noto`g`ri (yolg`on) xabarlar tarqatilishi va buning natijasida zararli oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida bir qancha normalar mavjud.

Xususan, “Axborotlashtirish to`g`risida”gi qonunning 121-moddasida qanday axborot turlari internetda tarqatilishi mumkin emasligi nomma-nom sanab o`tilgan.

Shu o`rinda fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi yolg`on xabarlarga ishonib qolmasliklarini so`raymiz", deyiladi xabarda.

Шарҳлар