42

“Aqlli” gadjetlar nimasi bilan dunyoni hayratlantirmoqda?

Hi-tech 16.06.2015, 15:31
6869
“Aqlli” gadjetlar nimasi bilan dunyoni hayratlantirmoqda?
 
Tibbiyot

Ko`zni ravshanlashtiruvchi linza

“International Business Times” nashrining  xabar berishicha, hozirgi kunda olimlar tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan linzalar  ko`zni ravshanlashtiruvchi xususiyatga ega...

Ko`rish qobiliyatini yanada kuchaytiruvchi mazkur linzalar 2017 yilda sotuvga chiqarilishi ko`zda tutilgan. Bunday linzalar ikkita tarkibiy qismdan iborat bo`ladi. Birinchi, ya`ni ichki qismi tasvirni qanday bo`lsa shunday ko`rsatsa, tashqi qismi esa uzoqdagi buyumni yirikroq qilib ko`rsatish uchun mo`ljallangan.  Teleskopli kontakt linzalari  uzoqdagi narsalarni deyarli uch marotaba katta qilib ko`rsatadi. Bu yorug`lik tushish burchagini nazorat qiluvchi ko`zoynak yordamida hosil qilinadi.  Linzalarning tashqi qatlamiga yorug`lik tushishi bilan tasvir kattalashadi. O`ng ko`zni ochib-yumish yiriklashtirish funksiyasini ishga tushiradi. Xuddi shu harakat chap ko`z bilan amalga oshirilganida esa linza bu funksiyani bajarishdan to`xtaydi, ya`ni ko`z odatiy ko`rish holatiga o`tadi. Texnologiyaning bu namunasi ko`rish qobiliyati past bo`lgan millionlab insonlarga shuningdek,  makulodistrofiyadan (keksalarda ko`p uchraydi) aziyat chekuvchilarga ham qo`l keladi.

  • INTERNET- buyumlar

INTERNETGA ULANUVChI JOMADON

 Fransiyaning yo`l sumkalari va jomadonlar ishlab chiqaradigan Delsey  kompaniyasi yangi loyiha ustida ish olib bormoqda. Pluggage deb nomlanadigan texnojomadon ishlab chiqarish ishlari bundan ikki yil oldin boshlangan edi. Ayni paytda kompaniya yangi mahsulotining ilk namunasini sinovdan o`tkazmoqda... 

Unga ko`ra jomadon quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallanadi:

  • Og`irlikni avtomatik ravishda aniqlash: bunda jomadonga kiritilayotgan dastur uning ichidagi yuk og`irligini avtomatik ravishda aniqlab, ovoz chiqarib aytadi. Bu esa jomadon sohibini qo`shimcha xarajatlardan ozod etadi. 
  •  Soniyada quvvatlantirish imkoni: bu xususiyat orqali jomadon elektr energiyasiz ham o`z-o`zini bemalol istalgan joyda quvvatlantira oladi. 
  •  Ichki yoritish tizimi, ya`ni jomadon ochilganda ichki yoritish tizimi ishlaydi va uning ichidagi buyumlar yoritiladi.
  • Jomadon reys haqida ma`lumot bera oladi.  Uchish bilan bog`liq barcha axborotlardan sizni boxabar etadi.
  • Jomadon barmoq izlarini skaner qila oladi. Bu xususiyat  sabab  jomadondagi buyumlarga uning egasidan boshqalar daxl qila olmaydi.
  • Samolyot bortini sezadi: jomadon samolyotning ichida ekanligini egasiga “aytadi”.
  • Xavfsizlik tizimi: jomadon uni begonalar ochmoqchi bo`lganidan egasini ogohlantiradi. 
  • Ob-havo ma`lumoti: jomadon  sizni bormoqchi bo`lgan xorijiy davlat ob-havosi va iqlimi haqidagi ma`lumotlardan xabardor etadi. 
  • Jomadonda musiqa tinglash imkoni ham bo`ladi. 

O`zida ko`plab funksiyalarni jamlashtirishi mumkin bo`lgan jomadonda aslida qanday xususiyatlar bo`lishi hozircha aniq emas. Ammo kompaniya yirik tijoratchilar bilan maslahatlashgan holda yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlardan eng muhimlarini tanlab oladi.  Agarda Delsey kompaniyasi o`zining ushbu yangi loyihasini amaliyotga tatbiq etsa, u haqiqatdan ham juda foydali kashfiyot bo`la oladi.

«Aqlli» uy

Sim-Sim ochil!

Uy va binolar eshiklari uchun aqlli qulflar yaratilgan bo`lsa-da, bu turdagi gadjetlar unchalik ommalashmadi.  Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar barchaga birdek manzur bo`lib, ommalashishi mumkin bo`lgan yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda...

Noki (ingliz tilidan tarjima qilinganda “kalitsiz” degan ma`noni anglatadi) qulfi uy egasi uyga kelganida avtomatik ravishda ochiladi, xonadon sohibi chiqib ketgach esa avtomatik ravishda uyni qulflaydi. Bunda eshikni ochish va yopish uchun kalit umuman ishlatilmaydi. Noki qulfini smartfonga ulasangiz bas, u ishga kirishadi.  Gadjet Wi-Fi va Bluetooth yordamida ishlaydi. Smartfondagi GPS tizimi qulfning qaysi paytda faollashishini  belgilab beradi. Mazkur loyiha iPhone va android smartfonlarining barchasiga to`g`ri keladi. Aqlli qulfni shuningdek uy egasining xohish-istagiga ko`ra uning yaqinlari va oila a`zolari ham ocha oladi. Bunda ularga maxsus kodlar yordam beradi. Unda yana kirish logini, ogohlantirish tizimi va qulfning holati haqidagi ma`lumotlar ham mujassamlashtirilgan.  Uni odatiy usulda, ya`ni kalit yordamida ochish va yopish ham mumkin.  Aqlli qulfning taxminiy narxi 139 evro bo`lishi kutilmoqda. Gadjet shu yilning oxiriga qadar sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

·         Transport

TAKSI-ROBOT MANZILINGIZGA ELTIB QO`YaDI

Yaponiyada avtomatik ravishda ishlaydigan taksi-robotlar loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bunday robotlar haydovchisiz yo`lovchilarni o`z manzillariga eltib qo`ya oladi...

Mobage  telefon o`yinlari platformasiga egalik qiluvchi  DeNA  korporasiyasi   aynan mana shu turdagi yangi taksi-robotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.  Buning uchun korporasiyada maxsus bo`linma tashkil etilib,  IT-texnologiyalari sohasidagi eng kuchli mutaxassislar jalb etildi. Taksini buyurtma qilish uyali aloqa telefoni orqali amalga oshiriladi. Mijoz taksi – robot xizmati uchun o`z bank kartasi orqali ham yo`l haqini to`lashi mumkin. DeNA kompaniyasi bunday turdagi taksilar mijozlarga yoqishiga umid qilmoqda. Chunki taksi-robotlar odatdagi taksilardan ancha arzon bo`lishi kutilmoqda.

Anvar G`OZIEV tayyorladi

  • Tibbiyot

  • «Aqlli» uy

 SIM-SIM, OChIL!

Комментарии