my5

San`atkorlar Sardobaga insonparvarlik yordamini yubormoqda

Madaniyat 04.05.2020, 11:24
1105
San`atkorlar Sardobaga insonparvarlik yordamini yubormoqda

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi boshchiligida san`atkorlar Sardoba fojiasida jabr ko`rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlagani haqida san`atkorlar o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi. 

Ular ro`zg`or buyumlari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar va boshqa turdagi mahsulotlar “Turkiston” san`at saroyida to`plandi. Shuningdek, pul ko`rinishidagi yordamlarni qabul qilish uchun alohida hisob raqami ham  ochilgan. 

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova esa ijtimoiy tarmoqlarda o`z mahallasida to`plangan buyumlar va moddiy yordamlarni qabul qilib olayotgani aks etgan videoni joylashtirdi. 

Ma`lumotlarga qaraganda, san`atkorlar tomonidan to`plangan buyumlar, oziq-ovqatlar va kiyim-kechaklar joriy yilning 5 may kuni Sirdaryoga yuboriladi. 

San`atkorlarning xayriyasiga qo`shilmoqchi bo`lganlar o`z yordamlarini “Turkiston” saroyiga etkazib berishi yoki naqd ko`rinishda bo`lmagan pul mablag`larini to`lov dasturlari orqali 8600 3329 5320 6368 hisob raqamiga yuborishlari mumkin. 

Shuningdek, xalqaro valyutada xayriya qilish istagida bo`lganlar uchun 4084 1700 0068 2767 hisob raqami tashkil etilgan. 

 

Шарҳлар