my5

Yulduz Usmonova IIV xodimlarini "pryamoy efirda" haqoratladi (video)

Madaniyat 04.05.2020, 12:39
10125
Yulduz Usmonova IIV xodimlarini "pryamoy efirda" haqoratladi (video)

Biroz avval O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi boshchiligida san`atkorlar Sardoba fojiasida jabr ko`rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlagani haqida san`atkorlar o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bergani haqida yozgan edik. 

Xalq artisti jarayon qanday olib borilayotgani haqida muntazam instagram tarmog`idagi "primoy efir" orqali hisobot berib bordi. Shu jumladan kecha tunda san`atkorni g`azabini kelitirgan holat ham "efir"da ko`rsatildi. U milisiya xodimlarini haqorat qilgan lavhalar esa ko`p o`tmay ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilina boshlandi. 

Uning aytishicha, hayriya ishlarini tartibga solishda YPX hodimlaridan yordam so`ragan. Ammo huquq targ`ibot idoralari uning bu murojaatini e`tiborsiz qoldirgan. 

IIV tomonidan bu masala hali rasmiy izohlanmadi.  

Quyidagi havolada Yulduz Usmonovaning "chiroyli" gaplarini tinglashingiz va ko`rishingiz mumkin. 

Шарҳлар