my5

Hilol Nasimov o`lsa, janozasiga bormayman – Habibulla Nizomov (video)

Madaniyat 05.05.2020, 11:17
3742
Hilol Nasimov o`lsa, janozasiga bormayman – Habibulla Nizomov (video)

Jurnalist Jasur Hamroev karantin tufayli AQShning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov bilan suhbatlashdi. Ushbu suhbat davomida Habibulla Nizomov rejissyor Hilol Nasimovning filmlariga bo`lgan munosabatini bildirdi.

“Ochig`ini aytsam, agar Hilol Nasimov olamdan o`tsa, men uning janozasiga bormayman. U inson bilan uchrashishni ham xohlamayman. Bir inson yoki xalqning qanchadir qismi adashgan bo`lsa, uni ma`rifat bilan, chiroyli tushuntirsa ham bo`ladi. Men bu rejissyorning filmlaridan ma`rifat topa olmaganman. Islomni niqob qilganlar yo`q emas, bor. Lekin bu degani bir o`zbek xato qilsa, butun xalqni shunaqa qilib ko`rsatish kerakmas-ku? Odamlarda O`zbekiston haqida shunaqa fikr paydo bo`lib qolgan: bu erda urush, buzg`unchilik bo`ladigan, rivojlanish va zamonaviylik yo`q davlat deb o`ylashadi. Men gaplashgan chet elliklarning bir nechasi shunaqa fikr bildirgan”, — deydi Habibulla Nizomov.

Ma`lumot uchun, rejissyor Hilol Nasimov «Tubanlik», «Odnoklassniki», «Aldangan ayol», «Gumrohlar» kabi filmlarni suratga olgan. U 2014 yilda «Yilning eng yaxshi rejissyori» sifatida «`tirof» mukofotini qo`lga kiritgan.

Шарҳлар