my5

Xorazmda er xotinini o`g`irlik ustida ushladi va uni IIBga topshirdi

Jinoyat 05.05.2020, 13:26
3150
Xorazmda er xotinini o`g`irlik ustida ushladi va uni IIBga topshirdi

Xorazmda tadbirkor er shz xotinini shsh-irlik ustida ushlab oldi. Bu haqda Postda xabariga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Voqea mana bunday bo`lgan: Tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi R.Sultonboyning pullari orasidan dastlab 500 AQSh dollari yo`qoladi. Xonaning qulfi buzilmaganligini ko`rgan Sultonboy pul sanashda adashgan bo`lsam kerak, degan fikrga boradi va e`tibor bermaydi. 

Oradan uch kun o`tgach, yana 1000 dollar g`oyib bo`ladi. Eshik va deraza romlarining butligi hamda pullarning oz-ozdan o`g`irlanishi xonadon sohibini shubhalantirib qo`ydi. Shundan so`ng u xonaga xufiyona kuzatuv kamerasini o`rnatdi.

Ertasi kuni Sultonboy yana 1 mln. so`m puli joyida yo`qligini bildi va darhol kuzatuv kamerasi xotirasidagi yozuvlarni ko`zdan kechirdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, yaxshi niyat bilan sha`riy nikohdan o`tgan ayoli G.Muborak kalit tanlash yo`li bilan xonaga kirib pullarni o`g`irlagan ekan.

R.Sultonboy bu haqda tuman IIBga murojaat qildi. Inkor etib bo`lmas dalillar oldida mulzam bo`lgan Muborak qilmishini tan olishdan boshqa chora topa olmadi.

 

Шарҳлар