my5

Buvaydada “ko`knori” etishtirayotgan shaxs fosh bo`ldi

Jinoyat 05.05.2020, 17:13
467
Buvaydada “ko`knori” etishtirayotgan shaxs fosh bo`ldi

Buvayda tumanida 03 may kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Jalaer qishlog`ida yashovchi X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda tomorqasida 69 tup “ko`knori” o`simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Шарҳлар