Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Gastronomik turizm assosiasiyasi “O`zbekistonning noyob taomlari” tanloviga start berilayotgani haqida e`lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o`z hududlariga xos bo`lgan qadimiy, antiqa va tobora yo`qolib borayotgan kamida 5 ta milliy taom (suyuq, quyuq, pishiriq, shirinlik) reseptini taqdim etishi kerak bo`ladi.
Ishtirokchidan quyidagi ma`lumotlar talab etiladi:
- Taom, uning tarixi va muallifi haqidagi qisqacha ma`lumot va qiziqarli faktlar;
- 5-6 kishilik porsiya uchun kerak bo`ladigan masalliqlar ro`yxati (kilogramm, gramm, litr, qoshiq kabi o`lchovlar bilan);
- Masalliqlarning qanday shaklda to`g`ralishi (kubik, somoncha, halqasimon va b.) Taomni tayyorlash jarayoni aniq ketma-ketlikda yozilishi;
- Taomning mazali chiqishi uchun muallifdan qo`shimcha va tavsiyalar;
- Foto va/yoki videolavha.
G`oliblar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan 1-o`rin uchun 5 million so`m, 2-o`rin uchun 3 million so`m va 3-o`rin uchun 2 million so`m miqdoridagi pul mukofotlari, shuningdek O`zbekiston Gastronomik turizm assosiasiyasining diplom va sertifikatlari hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.
Eng sara reseptlar “O`zbekistonning noyob taomlari” kitobiga ishtirokchining sulolasi mualliflik resepti sifatida ism va familiyasi ko`rsatilgan holda kiritiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O`zbekiston Gastronomik turizm assosiasiyasining rasmiy kanali @gastrotourism_uz’ga obuna bo`lish va qayta aloqa boti @gastrotourismbot orqali reseptlarni yo`llash kerak bo`ladi.
Materiallar 2020 yilning 20 may kuniga qadar qabul qilinadi.