my5

Navoiy viloyati IIB 25 ming AQSh dollariga “simob” sotayotgan sotuvchini qo`lga oldi

Jinoyat 06.05.2020, 10:37
897
Navoiy viloyati IIB 25 ming AQSh dollariga “simob” sotayotgan sotuvchini qo`lga oldi

Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar V.D. hamda K.B.larning oldindan jinoiy til biriktirib,  yashirin xatti-harakatlar sodir etayotganligi  Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining e`tiborini tortdi. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, qoidabuzarlar o`zganing mol-mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida 25 ming AQSh dollariga “simob” moddasini sotayotgan vaqtida qo`lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning sud kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko`ra, tarkibida biror bir kuchli ta`sir qiluvchi va yadroviy moddalari mavjud bo`lmagan moddani qalbaki “simob” moddasi sifatida sotganligi ma`lum bo`lgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, musodara etildi. 

Mazkur holat yuzasidan V.D. hamda K.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Шарҳлар