Joriy yilning 5 may kuni soat 04:40 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahar, I.Karimov ko`chasi “Okean” savdo do`koni qarshisida, haydovchi 1994 y.t. D.N. “Neksiya-3” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`iga to`xtamasdan chorrahadan o`ngga tezlik bilan burilib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetidagi simyog`ochga urilgan.
Natijada, haydovchi 26 yoshli D.N. og`ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.