my5

“Ilhaq“ filmning premerasi 9 may kuni noodatiy tarzda o`tkaziladi

Madaniyat 08.05.2020, 15:11
1089
“Ilhaq“   filmning premerasi 9 may kuni noodatiy tarzda o`tkaziladi

“O`zbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Ilhaq“ filmining ilk taqdimoti katta ekranlarda emas, televidenie orqali o`tkaziladi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan Jahongir Ahmedovning “Ilhaq“ badiiy filmi

9 may kuni ekran yuzini ko`radi.

Kartinani bir vaqtning o`zida ya`ni 9 may soat 19:40 daqiqa o`tganda “Oʻzbekiston”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Oilaviy”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Mahalla”, “MU5”, “Sevimli”, “ZOʻR TV”, telekanallari va 10 ta nodavlat hududiy telestasiyalarini birlashtirgan “Uzbekiston-online.uz” teletarmog`ida tomosha qilishingiz mumkin.

Шарҳлар