my5

O`zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni oshdi

Salomatlik 10.05.2020, 15:23
1018
O`zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni oshdi

2020 yil 10 may soat 15:00 holatiga ko`ra O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2411 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

So`nggi haftalarda yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo`lmoqda. 9 may kuni jami 24ta yangi holat qayd etilib, 71 nafar bemor tuzalgandi.

Bugun jami 62 ta yangi holat aniqlanib, 10 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 1856 nafarni tashkil etmoqda, ayni vaqtda shifoxonalarda 545 bemor davolanyapti.

Шарҳлар