my5

Kosonda mastlik oqibatida janjallashish o`lim bilan yakun topdi

Jinoyat 11.05.2020, 13:03
469
Kosonda mastlik oqibatida janjallashish o`lim bilan yakun topdi

2020 yilning 06 may kuni soat 18:30 da Koson tumanida yashovchi fuqaro 19 yoshli U.D. o`ziga oldindan tanish bo`lgan Qarshi shahar “Erqo`rg`on” dehqon bozorida aravakashlik bilan shug`ullanuvchi, Qamashi tumanida yashovchi 47 yoshli A.X. bilan Qarshi tumani “Saroy” qishlog`i Saroy ko`chasidagi qurilishi tugallanmagan bino oldi tomonidagi maydonida spirtli ichimlik iste`mol qilishib, tanishi A.X. uni uyatli so`zlar bilan haqorat qilganligi sababli, chap qo`lini mushti bilan A.X, ning jag`, yuz va bo`yin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohatlari etkazgan.

Oqibatda A.X. og`ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga olib kelishiga sabab bo`lgan badanga qasddan og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар