my5

Ulug`nor tumanida karantin qoidalarini buzgan besh nafar "shovvoz" qamaldi

Jinoyat 12.05.2020, 14:41
592
Ulug`nor tumanida karantin qoidalarini buzgan besh nafar "shovvoz" qamaldi

Respublikamiz rahbariyati tomonidan “COYID-19” pandemiyasiga qarshi kurashda bir qator chor-tadbirlar belgilangan. Xususan, ijtimoiy masofani saqlash, ko`chalarda niqob bilan yurish, maqsadsiz ko`chaga chiqmaslik shular jumlasidandir. Xalqimizning madaniyati, urf-odati va pandemiya holatida o`zini qo`lga ola bilishini  alohida tam`kidlash lozim bo`ladi.

Biroq, ayrim fuqarolar tomonidan bizning urf-odat va madaniyatimizga zid ravishda  noqonuniy harakatlar sodir etib, belgilangan qoidalarga rioya etmayotganliklari achinarli holatlardan hisoblanadi.

Bir guruh shovvozlar, ya`ni fuqarolar A.Sh., P.M. vaE.K.lar 2020 yil 15aprel kuni soat 20:00lar Ulug`nor tumani, “Uchko`prik” MFY hududidagi jamoat joyida alkogol mahsulotlarini iste`mol qilishib, mast holatda bir-birlari bilan o`zaro janjalashayotganlarida, ularni janjaliga M.R.qo`shilib, karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joyida niqobsiz yurib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu erdagi va mahalladagi qo`shnilarni tinchligini buzib, fuqarolarni sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, mayda bezorilik harakatlarini sodir etganlar, shu davrda K.D. ularning janjaliga qo`shilib,karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joyida niqobsiz yurib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolar tinchligini buzib, fuqarolarni sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, mayda bezorilik harakatlarini sodir etib, fuqaro M.R.ga tegishli avtomashinani yon oynasini qasddan sindirib, unga 128.000 so`m moddiy etkazgan.

Ulug`nor tuman ma`muriy sudining raisi Vaxobjon Siddikov tomonidan 2020 yil 30 aprel kuni olib borilgan sud majlisida besh nafar shovvozlarga oid ma`muriy ish ko`rib chiqilib, sud qaroriga asosan, uch nafar shovvoz A.Sh., P.M. vaE.K.larO`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismida (karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joyida niqobsiz yurish), MJtKning 187-moddasi 1-qismida (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste`mol qilish) va MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik, ya`ni jamoat joylarida uyatli so`zlar bilan so`kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesilularga 15 (o`n besh) sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlanib, undan qamoqda saqlash uchun sarflangan harajatlar hisobidan 501.750 so`m davlat foydasiga undirish;

- bir nafar shovvoz D.K.O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismida (karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joyida niqobsiz yurish), 612-moddasi 1-qismida (o`zgalar mulkini  oz miqdorda qasddan nobud qilish) va MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik, ya`ni jamoat joylarida uyatli so`zlar bilan so`kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil 10 (o`n) sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlanib, undan qamoqda saqlash uchun sarflangan harajatlar hisobidan 334.500 so`m davlat foydasiga undirish;

- yana bir nafar shovvoz M.R.O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismida (karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joyida niqobsiz yurish) va MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik, ya`ni jamoat joylarida uyatli so`zlar bilan so`kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil 10 (o`n) sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlanib, undan qamoqda saqlash uchun sarflangan harajatlar hisobidan 334.500 so`m davlat foydasiga undirish belgilandi.

Qilmishlarida huquqbuzarlik tarkibining mavjudligi aniqlangan besh nafar "shovvoz"lar ma`muriy javobgarlikka tortilishi shart ekanligini qamoq jazosini o`tash jarayonida tushunib etsa kerak.

Vahobjon Siddiqov, Ulug`nor tuman ma`muriy sudining raisi

Шарҳлар