my5

Shaxmat bo`yicha havaskorlar o`rtasida birinchi onlayn O`zbekiston chempionati g`olibi aniqlandi

Sport 12.05.2020, 22:20
947
Shaxmat bo`yicha havaskorlar o`rtasida birinchi onlayn O`zbekiston chempionati g`olibi aniqlandi

Shaxmat bo`yicha havaskorlar o`rtasida birinchi onlayn O`zbekiston chempionatining dastlabki g`olibi aniqlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Karantin davrida aholining bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yurtdoshlarimiz orasida shaxmatni yana-da rivojlantirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan havaskorlar o`rtasida birinchi onlayn O`zbekiston chempionatiga start berildi.

“Uyda qol va g`alaba qozon” shiori ostida o`tkazilayotgan musobaqada ishtirok etish uchun shu kungacha ikki mingdan ortiq havaskor shaxmatchi ro`yxatdan o`tgan edi. Kecha boshlangan dastlabki kungi musobaqada ularning katta qismi g`oliblik uchun dona surishdi, ammo ba`zilar turnir boshlanganini unutib qo`yishdimi boshqa sabab bilanmi bahslarda ishtirok etishmadi.

11-may kungi turnirda g`oliblik samarqandlik Jamshid Tohirovich Mustafoevga nasib etdi. 1991-yilda tug`ilgan ushbu havaskor shaxmatchi eng yaxshi natija bilan birinchi onlayn O`zbekiston chempionatining dastlabki shaxmat chempioniga aylandi. U 3 million so`m hamda onlayn O`zbekiston chempionati g`olibi diplomi bilan taqdirlanadi.

Ma`lum bo`lishicha shaxmat bo`yicha havaskorlar o`rtasida birinchi onlayn O`zbekiston chempionati 20-mayga qadar davom etadi. Tashkilotchilar dastlabki turnirlarda ro`yxatdan o`tib, musobaqada ishtirok etolmaganlarni 20-mayga qadar ro`yxatdan o`tish va musobaqada ishtirok etishga chaqirmoqda. 

Шарҳлар