my5

Prezident propiska tizimiga yangi o`zgartishlar kiritish ko`zda tutilgan Qonunni imzoladi

Siyosat 14.05.2020, 00:18
1088
Prezident propiska tizimiga yangi o`zgartishlar kiritish ko`zda tutilgan Qonunni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoev "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi yangi qonunni imzoladi. Bu haqda 13 may kuni "O`zbekiston 24" telekanali xabar berdi. 

Eslatib o`tamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining 11 may kuni bo`lib o`tgan to`rtinchi yalpi majlisida ma`qullangan edi.

Qonunda propiska tizimini isloh qilishga qaratilgan yangiliklar nazarda tutilgani, xususan, “doimiy propiska” so`zlari “yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish” so`zlariga almashtirilishi, fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo`lgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy ro`yxatga turish imkoniyati yaratilishi, er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yo`qotish bo`yicha qoidalar bekor qilinishi va boshqa engilliklar borligi ma`lum qilingandi.

Шарҳлар