Joriy yilning 13 may kuni soat 21:10 larda, Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jayxun va Najmiddin Kubro ko`chalari kesishmasi yaqinida, haydovchi 1996 y.t. X.X. (erkak) “Kobalt” rusumli transport vositasi tezligini me`yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o`tish maqsadida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib, shu yo`nalishda qarshisidan kelayotgan haydovchi 1997 y.t. D.O`. (erkak) boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi 23 yoshli D.O`. og`ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. “Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi 24 yoshli X.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.