AsosiyJinoyat

Sirdaryolik ayol chaqalog`ini 10 ming 200 AQSh dollariga sotayotganida qo`lga olindi

'Sirdaryolik ayol chaqalog`ini 10 ming 200 AQSh dollariga sotayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

5-may kuni Boyovut tumani, "Laylakko`l" mahallasida fuqaro E.Sh chaqalog`ini fuqaro R.Gga 10.200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati yozmoqda. 

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10.200 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.  

Mazkur holatga ko`ra fuqaro E.Shning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko`rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo`lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar