my5

Prezident Sardobada: 1480 xonadondan iborat 37 ta uyning poydevoriga tamal toshi qo`yildi (Foto)

Siyosat 15.05.2020, 14:27
Теглар: Foto
1993
Prezident Sardobada: 1480 xonadondan iborat 37 ta uyning poydevoriga tamal toshi qo`yildi (Foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 may kuni Sirdaryo viloyatiga keldi.

Ma`lumki, joriy yil 1 may kuni Sardoba suv ombori to`g`onining bir qismi o`pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Davlatimiz rahbari zudlik bilan hodisa yuz bergan joyga etib borib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo`ldi.

Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko`p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko`p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70 ta ijtimoiy ob`ekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 kilometr yo`l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot etgan.

Bu sinov qarshisida xalqimizning birligi, hamjihatligi, mehr-oqibati yana bir bor yaqqol namoyon bo`ldi. Tezkor chora-tadbirlar natijasida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 28 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan edi.

Ularga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar etkazildi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar, vazirlik, uyushma va aholi tomonidan Sirdaryoga yordam berish uchun homiylik mablag`lari o`tkazildi, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va ro`zg`or buyumlari yuborildi.

Davlatimiz rahbari avvalgi safarlari chog`ida bu erlik odamlarning hayotini nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki uni yanada yaxshilash, yangi uy-joylar, ijtimoiy ob`ektlar barpo etib, yangi ish o`rinlari yaratishni vazifa qilib qo`ygan edi.

Bugungi kunda Hukumat komissiyasi ish olib boryapti. Zarar etgan uy-joylarni tiklash va ta`mirlash, odamlarni o`zining tiklangan uyiga qaytarish va ro`zg`origa yordam berish, infratuzilmani tiklash, aholi salomatligini himoya qilishga katta kuch va vositalar safarbar etilgan. Bu borada Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari jonbozlik ko`rsatmoqda.

Bugungi kunga qadar 20 ta aholi punktidagi buzilgan uylar va ularning atrofi chiqindilardan tozalandi. 13 ta mahalladan suv qoldiqlari chiqarildi.

Ushbu mahallalarda hayot asta-sekin izga tushmoqda. Hozirda qariyb 66 ming aholi o`z uylariga qaytdi. Boshqa joylarda tozalash-ta`mirlash ishlari tezkor sur`atlarda davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev dastlab Sardoba tumanida bo`lib, hududda olib borilayotgan ishlarni ko`zdan kechirdi. Ta`mirlanayotgan xonadonlarni kirib ko`rdi, odamlar bilan suhbatlashdi.  

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Sardoba tumanidagi “Do`stlik” mahallasida 1480 xonadondan iborat 37 ta uy barpo etiladi. Davlatimiz rahbari mazkur turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo`ydi.

 

Шарҳлар

Sirdaryodan maxsus reportaj: Xalq artistlari xalq xizmatiga keldi… (Foto)

23.05.2020, 12:43

Bugun ko`ngillarni obod qilaman degan har kimning yo`li Sirdaryo viloyatiga tutashishi aniq. Texnogen ofat chin ma`noda butun millatni oyoqqa turg`izdi, bir tan-u bir jon bo`lishga...
Shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berishni boshladi (Foto)

05.05.2020, 12:22

3 may kuni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugdan 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar hamda 20 ga yaqin harbiy va maxsus texnika Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida sodir...
Qashqadaryoda fotoqopqonga tushgan qor qoplonining suratlari e`lon qilindi

29.04.2020, 12:46

Qashqadaryo viloyati Hisor davlat qo`riqxonasiga  o`rnatilgan fotoqopqonga qor qoplonining noyob kadrlari tushib qoldi.Qor qoploni O`zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashovchi jonivor bo`lib, sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri...
Sirdaryo viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan “Ezgulik karvoni” tashkil etildi (foto)

18.04.2020, 14:48

Bugungi kunda yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida bir qator ijtimoiy soha ob`ektlari, xususan umumta`lim maktablari faoliyati to`xtatilgan. O`quvchilar esa o`z uylarida ta`lim olishni...