"Uzbekistan Airways" kompaniyasi O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasinning qarori bilan mamlakatimiz viloyatlari bo`yicha qatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashi haqida xabar berishga xursandmiz. Xususan, joriy yilning 18-may kunidan boshlab aviakompaniya Nukus, Termiz va Urganch shaharlariga ikkalla tomonga qatnovlarini quyidagi jadval bo`yicha amalga oshirishni boshlaydi:
Toshkent-URGANCh-Toshkent (DUShANBA, PAYShANBA)
Toshkentdan ketish: 09-00, Urganch shahriga kelish: 10-30
Urganch shahridan ketish: 13-30, Toshkentga kelish: 14-50
Toshkent-NUKUS-Toshkent (SEShANBA, JUMA)
Toshkentdan ketish: 09-00, Nukusga kelish: 10-40
Nukus shahridan ketish: 13-40, Toshkentga kelish: 15-00
Toshkent-TERMIZ-Toshkent (ChORShANBA, ShANBA)
Toshkentdan ketish: 09-00, Termezga kelish: 10-20
Termiz shahridan ketish: 13-20, Toshkentga kelish: 14-30
"Qatnovga ro`yxatdan o`tish va havo kemasida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish tartibiga o`zgartirishlar kiritilganligiga e`tibor qaratishingizni so`raymiz. Ushbu tartibga ko`ra, aviakompaniya qatnovlariga sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi Markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligiga 120 soatdan ko`p bo`lmagan hamda tahlil natijasi “manfiy” ekanligi haqidagi ma`lumotnomasi bo`lgan yo`lovchilargina kiritiladi.
Karantin choralariga rioya qilish, ya`ni himoya niqoblari va qo`lqoplarini taqish, ro`yxatdan o`tish paytida va havo kemasida ijtimoiy masofaga rioya qilish lozim. Havo kemasi salonida o`tirish tartibi qo`nish taloniga binoan qat`iy ravishda amalga oshiriladi, havo kemasi salonida ehtiyojsiz harakatlanish taqiqlanadi.
Aviachiptalarni onlayn yoki "Uzbekistan Airways Sales" (sobiq havo yo`llari Bosh agentligi) kassalarida va aeroportlarda barcha karantin talablariga qat`iy rioya qilgan holda xarid qilish mumkin.