AsosiyIqtisodiyot

Jahon bozorida bug`doy narxi tushmoqda

'Jahon  bozorida bug`doy narxi  tushmoqda'ning rasmi

Jahonda bug`doy zaxiralari rekord darajaga etgan. Rossiya bug`doyining bir tonnasi 198-200 AQSh dollaridan 193-195 dollargacha tushgan.  

AQSh Qishloq xo`jaligi vazirligi  yangi (USDA) hisobotni e`lon qilganidan so`ng jahon bozorida bug`doy  narxi pasayishni boshladi. Mazkur hisobotda  dunyo bug`doy zaxiralari joriy  mavsumda 310 million tonnagacha (rekord daraja) o`sishi prognoz qilingan.  Bundan tashqari, Evropa Ittifoqi va Rossiyaning janubida kuzatilgan yog`ingarchiliklar  tufayli yangi bug`doy  hosilining holati  yaxshilangan.

USDA ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya yangi mavsumda 35 million tonna bilan  dunyodagi eng yirik bug`doy eksportchisi bo`lib qolaveradi. Joriy mavsum boshidan 14 maygacha Rossiya 35,3 million tonna don, shu jumladan 30,2 million tonna bug`doy eksport qilgan.  Yiliga etkazib berish mos ravishda 12- 9 foizga  kamaygan.

    Boshqa yangiliklar