Shahrisabzning “Qushxovuz” mahalla fuqarolar yig`inida kotiba bo`lib ishlovchi M.M. ismi ayol bir nechta fuqaroga nafaqa pullarini chiqarib berishni va`da qilib, har biridan 300 ming so`mdan pul olgan. U ehtiyojmand fuqarolardan nafaqa belgilash evaziga olgan 30 mln so`m mablag`ni o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
"Tadbirkor" kotiba M.M, mahalladoshlari va "Oq oltin MFY da yashovchi fuqarolarning pullarini 2019 yilning 10 fevral kunidan 2020 yil 6 fevral kuniga qadar bir yil davomida firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib kelgan.
Ayni paytda kotiba ayol o`z ishlaridan pushaymon bo`lib, qattiq afsus chekmoqda. Unga nisbatan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.M.ga nisbatan O`z.R JKning 168-m. 3-q “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Ko`rib turganingizdek o`zganing haqqiga ko`z olaytirganlar bir kun kelib, albatta, Qonun oldida javob beradi. Buning ustiga sirlari ochilib, mahalla-ko`y, el-yurt oldida bir umr yuzi shuvit bo`lib qoladi.