my5

5 may kuni Chinozda o`ldirilib, Sirdaryoga oqizib yuborilgan fuqaroning murdasi bir haftadan so`ng Qozog`istondan topildi

Jinoyat 19.05.2020, 14:08
1508
5 may kuni Chinozda o`ldirilib, Sirdaryoga oqizib yuborilgan fuqaroning murdasi bir haftadan so`ng Qozog`istondan topildi

Chinozda 45 yoshli fuqaro tanishini bolta bilan urib o`ldirgani aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 5 may kuni soat 17:00 larda Chinoz tumani, Chinmasjid mahallasida 1975 yilda tug`ilgan F.M. mast holatda tanishi 1982 yilda tug`ilgan A.E. bilan o`zaro janjallashib qoladi. Spirtli ichimlik ta`sirida janjal jiddiy tus olib, F.M. tanishi A.E.ni bolta bilan bosh qismiga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldiradi. Shundan so`ng, qilgan jinoyati izini yashirish maqsadida u 2020 yil 6 may kuni soat 10:30 larda A.E.ning murdasini Sirdaryo daryosiga tashlab yuborgan.

Biroq, qotillik izi ochildi. 2020 yil 14 may kuni A.E.ning murdasi Qozog`iston Respublikasi, Turkiston viloyati Keles tumanidan oqib o`tuvchi Sirdaryo daryosi qirg`og`idan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 18 may kuni tuman prokuraturasi tomonidan F.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ayni paytda u ushlangan.

Шарҳлар