my5
all

HUMO kartalaridan kontaktsiz to`lovlarni taksi haydovchilari, kurerlar va xizmat ko`rsatish sohasining boshqa vakillari qabul qilishlari mumkin

Iqtisodiyot 19.05.2020, 14:37
564
HUMO kartalaridan kontaktsiz to`lovlarni taksi haydovchilari, kurerlar va xizmat ko`rsatish sohasining boshqa vakillari qabul qilishlari mumkin

HUMO kartalaridan kontaktsiz to`lovlarni taksi haydovchilari, kurerlar va xizmat ko`rsatish sohasining boshqa vakillari qabul qilishlari mumkin. HUMO bank kartalaridan to`lovlarni qabul qilish uchun endi terminal o`rniga NFC modulli telefonga ega bo`lishning o`zi etarlidir. 

Milliy banklararo prosessing markazi (MBPM)  «Turonbank» ATB bilan hamkorlikda  Tap to phone texnologiyasi asosida One Touch yangi mahsulotini ishga tushirdi. Ushbu texnologiya HUMO bank kartalaridan mahsulot va/yoki xizmatlar uchun to`lovlarni NFC modul ishlatiladigan smartfonlar orqali qabul qilish imkonini beradi. 

«Biz banklar mijozlarining qulayligi uchun innovasiyalarni faol kiritayotganini kuzatayapmiz. Bu bank sektorida raqobatning jadal rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Xususan, Turonbankning One Touch mahsulotini taqdim etish tashabbusi O`zbekistonda kichik va o`rta biznesni yuritishni ancha soddalashtirish va naqd pulsiz tranzaksiya bozorini bir necha marotaba oshirish imkonini beradi. Tadbirkorlar kontaktsiz to`lovlarni qabul qilish tarmog`ini nafakat kengaytiradilar balki o`z mijozlari bazasini ko`paytira oladilar. Shu vaqtning o`zida  iste`molchilar yangi tajribaga ega bo`ladilar va avval buning imkoni bo`lmagan joylarda kontaktsiz haq to`lash orqali xaridlarini qiladilar. Masalan, taksi yo`lovchilari o`z kartalarini haydovchi telefoniga bir marta tekkizish bilan haq to`lay oladilar» – deb tushuntiradi, MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

One Touch Android operasion tizimli smartfonlarda ishlaydi va to`lov uchun faqat HUMO ning kontaktsiz kartalarini qabul qilish imkonini beradi. Buning uchun sotuvchi smartfon ekranida to`lovni kiritishi, xaridor esa o`z kartasini sotuvchi telefoniga tekkizishi kerak xolos.

Шарҳлар