my5

Prezident barcha hokimlarni ogohlantirdi

Siyosat 19.05.2020, 21:26
1095
Prezident barcha hokimlarni ogohlantirdi

Bugun, 19 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, pandemiya tufayli kambag`al aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi kamayishi tayin. Shu sababli qisqa fursatda yangi ish o`rinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qo`llab-quvvatlash zarur. 

Yig`ilishda bu boradagi qo`shimcha chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Avvalo, tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta`minlash masalasiga jiddiy e`tibor qaratildi.

– Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo`yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi, – deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensasiya qilish bo`yicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini to`liq ta`minlash bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Davlat rahbari topshirig`iga ko`ra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to`g`risida hukumatga ma`lumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan etarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini ko`rib chiqadi.

Шарҳлар