my5

Koronavirus haqida hozir nimalarni bilish muhim?

Salomatlik 20.05.2020, 11:55
609
Koronavirus haqida hozir nimalarni bilish muhim?

Germaniyaning etakchi virusologlari — Robert Koh nomidagi institut rahbari professor Lotar Viler va Bonn universiteti professori Hendrik Shtrek koronavirus haqidagi savolga javob berishdi.

 Koronavirusga qarshi niqoblar — faqatgina himoyaning qo`shimcha elementi.

 Niqoblar odam gapirganda yoki yo`talganda havo tomchilarini ushlab qoladi va shu orqali boshqalarni himoya qilishga yordam beradi.

 Biroq bu bilan niqob — uni taqqan kishini himoya qila olmaydi. Buni anglash juda muhim. Shuningdek, yoningizdagi har kim niqobda bo`lsa, hamma bir-birini bir oz bo`lsa-da himoya qiladi.

Infeksiya yuqtirgan kishi — alomatlar paydo bo`lgunga qadar virus tashuvchiga aylanadi. Atrofdagilarga infeksiya yuqtirishning 44% holatida — virus tashuvchida alomatlar paydo bo`lgunga qadar sodir bo`ladi.  

 Infeksiya faolligi — alomatlar paydo bo`lganidan 4 kun o`tib tugaydi.

 

Шарҳлар