my5
all

Masofa saqlash koronavirusdan qanday himoya qiladi?

Salomatlik 21.05.2020, 18:56
441
Masofa saqlash koronavirusdan qanday himoya qiladi?

Bugungi kunda respublikamizda karantin cheklovlari asta-sekin yumshatilmoqda. Ayrim xodimlar ish faoliyatiga qaytmoqda. Bunday sharoitda koronavirus infeksiyasidan saqlanish chora-tadbirlari har bir fuqaroning o`ziga bog`liq va, albatta, bu ularda gigienaga amal qilish va masofa saqlash borasidagi mas`uliyatni yanada oshiradi. 

Ma`lumki, epidemiologik vaziyatda masofa saqlash muhim shartlardan biri. Xo`sh, nima uchun ijtimoiy masofa saqlash kerak? Bu koronavirusdan qanday himoya qiladi? Bu savollarga Koronavirus.info kanalida mutaxassis javoblari havola etildi.

Javob: 1,5 metr masofa xavfsizlikni ta`minlash uchun zarur bo`lgan minimal masofadir.

Distansiya buzilganda havo va zararlangan odamning nafas yo`llaridan chiqqan zarrachalar sizning yuzingiz, ko`zingiz, teringiz va kiyimlaringizga tushishi mumkin. Zarralar tushgan yuzalar orqali virusni uyingizga olib kelishingiz ehtimoli bor.

Shuning uchun hamma erda: do`kon, dorixona, tibbiyot muassasalari va ko`chalarda ijtimoiy masofani saqlash lozim.

Savol: Yurish, yugurish va sport bilan shug`ullanish chog`ida kerakli masofa qanchalik o`zgarishi mumkin?

Javob: Insondan chiqqan havo zarralarining tarqalish masofasi zarralarning hajmi, havo oqimining tezligi, odamning makondagi holati va shamolga bog`liq bo`ladi.

Masalan, yugurish chog`ida yurish holatiga qaraganda kattaroq masofa saqlash talab etiladi. Bunga sabab yugurish chog`ida nafasning faollashishi va makondagi harakatning tezlashishidir.

Шарҳлар