my5

"Yashirmang, xalq haqiqatni bilishi kerak" - Tojikiston rahbari mamlakatdagi pandemiya haqida haqqoniy ma`lumotlarni OAVda e`lon qilishga ko`rsatma berdi

Dunyo 22.05.2020, 00:13
1010
"Yashirmang, xalq haqiqatni bilishi kerak" - Tojikiston rahbari mamlakatdagi pandemiya haqida haqqoniy ma`lumotlarni OAVda e`lon qilishga ko`rsatma berdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sog`liqni saqlash vazirligi rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvda mamlakat bosh vaziri, respublika shtab-kvartirasi rahbari Kohir Rasulzodaga «Tojikistondagi pandemiya haqida haqqoniy ma`lumotlarni» OAVlar orqali muntazam ravishda e`lon qilishni topshirdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

«Qancha odam kasallangani, qanchasi tuzalgani, qanchasi vafot etgani haqida muntazam axborot bering, yashirmang, xalq haqiqatni bilishi kerak», — deb ta`kidlagan prezident.

Ma`lumotga ko`ra, Tojikistonda so`nggi sutka davomida 204 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 2 140 kishiga etgan. Vafot etganlar soni esa 41 kishini tashkil qilmoqda.

Kasallikdan umumiy hisobda 470 kishi tuzalgan. Ayni paytda kasalxonalarda 3 592 kishi davolanmoqda.

Ta`kidlanishicha, Tojikiston koronavirus tarqalishi va qurbonlar soni bo`yicha Markaziy Osiyoda etakchilik qilmoqda.

Шарҳлар