AsosiyDunyo

BMTning dunyo mamlakatlaridagi 500dan ziyod xodimida koronavirus aniqlangan

'BMTning dunyo mamlakatlaridagi 500dan ziyod xodimida koronavirus aniqlangan'ning rasmi

Ma`lumotlarga ko`ra BMTning butun dunyoda faoliyat olib borayotgan xodimlaridan 500 nafarida koronavirus aniqlangan. Ularning 50 tasi Jenevada qayd qilingan. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.

Buni  BMTning Jeneva ofisi bosh direktori Tatyana Valovaya brifingdagi chiqishida tasdiqladi.

"Dunyo bo`yicha 500 dan ziyod xodimimiz, Jenevada 50 nafari koronavirusga chalingan. Kasallanganlarning ahvoli o`rtacha, afsuski, qator tashkilotlarimizda qurbonlar ham bor. Ammo, xodimlarimizni himoyalash uchun zarur bo`lgan barcha choralar ko`rilyapti", –dedi Valovaya.

Uning qo`shimcha qilishicha, BMT Bosh ofisi xodimlarni iyundan boshlab qaytadan qabul qila boshlaydi. Bunda xavfsizlik, ehtiyotkorlik, jumladan, jismoniy masofani saqlash va gigienaga amal qilish choralari ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar