my5

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to`g`risidagi Bitim 22-maydan kuchga kirdi

Siyosat 22.05.2020, 21:46
861
O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to`g`risidagi Bitim 22-maydan kuchga kirdi

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning 2019-yil 15-aprel kuni O`zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog`iston Respublikasi Hukumati o`rtasida noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to`g`risidagi Bitim 2020-yil 22-maydan kuchga kirdi.

Hujjat noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy bo`lib turgan shaxslarni aniqlash va ro`yxatga olish bo`yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam ko`rsatish to`g`risidagi so`rovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migrasiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida ma`lumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazish hamda qo`shma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Шарҳлар