my5
all

Rasman: “Sardoba” ishi bo`yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Jamiyat 23.05.2020, 03:50
1658
Rasman: “Sardoba” ishi bo`yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Bosh prokuratura “Sardoba” suv ombori bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko`ra, Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi rasmiy xabarda

Шарҳлар