AsosiyDunyo

AQSh lik harbiylar Suriyada oddiy fuqaroni o`g`irlashdi

'AQSh lik  harbiylar Suriyada oddiy fuqaroni o`g`irlashdi'ning rasmi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya harbiy xizmatchilari Arab-Kurd qurolli qo`shinlari ko`magida Suriyaning Dayr-az-Zor provinsiyasi Shahil qishlog`ida uyushtirilgan maxsus operasiya natijasida mahalliy aholi vakillaridan birini o`g`irlab ketishdi. 

Lavhada tasvirlanishicha, kecha ertalab koalisiya tarkibidagi bir guruh harbiylar vertolyotlardan Shahil qishlog`i chetiga qo`nishdi. Shu bilan bir vaqtda SDK jangchilari aholi punktini qurshab olishdi.

Harbiylar guruhi xonadonlardan birida yashovchi kishini qo`lga olib, noma`lum tomonga olib ketishdi. Voqeaga guvoh bo`lganlarning e`tiroficha, mahalliy aholi tong chog`i avtomatdan otilgan o`qlar ovozidan uyg`onib ketgan. Hodisadan kishilar qattiq sarosimaga tushgan.

Operasiya sabablari va o`g`irlangan fuqaro to`g`risida hozircha hech qanday ma`lumlot berilmadi.

Xabarlarga qaraganda, AQSh harbiy bo`linmalarining Al-Hasaki va Dayr-az-Zor provinsiyalari hududiga kirishlari va turli harakatlarni amalga oshirishlari qonuniy asosga ega emas. Ma`lum bo`lishicha, ular yirik neft va gaz konlari atrofida o`z kuchlarini muvofiqlashtirib, in qurib olishgan.

Suriya hukumati o`z navbatida mamlakatda Amerika kontingentining joylashib olgani davlat suvereniteti talablariga ham, xalqaro huquq me`yorlariga ham xilof ekani to`g`risida bir necha bor bayonot bergan.

    Boshqa yangiliklar